
Makedoniyalik Senad Idrisiy va Amir Aslaniy haj ibodatini bajarish uchun velosipedda Makkaga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda “Azon” nashri.
Senad Idrisiyning kasbi – advokatlik, ayni paytda professional alpinist hisoblanadi. Amir Aslaniy esa imom.
“Avvallari musulmonlar piyoda hajga borishgan, biz esa velosipedda borishga qaror qildik. Payg‘ambarimiz hazrat Muhammadning sollallohu alayhi va sallam hajni piyoda bajarganliklari bizni ruhlantirdi”, – deydi Idrisiy.
Ular bu safarga ikki yil davomida tayyorlandi, Albaniya va Gretsiyadan o‘tib, Istanbulga yetib kelishdi. Safar yana 40-45 kun davom etishi taxmin qilinmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar