5 250
Yer qimirlashini 10 soniya oldin his qilgan mushuklar internet ahlini hayratga soldi (video)
Internetda Yaponiyadagi mushuklar kafesidagi kuzatuv kamerasi qayd qilgan video ommalashmoqda. Videoda bir nechta mushuk yer qimirlashidan 10 soniyacha oldin bir vaqtda bezovtalana boshlaganini ko‘rish mumkin.
Video 18 iyunda yozib olingan. Unda mushuklar xonaning turli burchaklarida tinch yotganlari, biroq keyin ulardan bir nechtasi bir vaqtda boshini ko‘tarib, xavotirlangan holda quloqlarini ding qilib turgani, so‘ngra xona bo‘ylab chopa boshlaganini ko‘rish mumkin. Bir necha soniyadan keyin esa kamera yer qimirlashni qayd qiladi.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida mushuklarning sezgirligiga tan berishgan. Ko‘pchilikning tabiiy ofat vaqtida xonada qamalgan holda qolgan mushuklarga rahmi kelgan. Biroq kafe egalari xavotirlanishga o‘rin yo‘qligini, mushuklarga hech narsa qilmaganini ma’lum qilishgan. Video bir necha kun ichida milliondan ko‘proq namoyish to‘plagan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”