Xitoyda 1000 dan ortiq mushuk yashaydigan “Mushuklar saroyi” mavjudligini bilarmidingiz?

Xitoyda 1000 dan ortiq mushuk yashaydigan “Mushuklar saroyi” mavjudligini bilarmidingiz?

Xitoyning Guanchjou shahrida mushuksevarlar uchun haqiqiy jannatga aylangan noodatiy maskan mavjud. Moon Cat City tematik bog‘ida 1000 dan ortiq mushuk yashaydi. Eng qizig‘i, ulkan majmua oddiy bino emas — u besh qavatli binoning tomida joylashgan.

Maydoni qariyb 10 ming kvadrat metr bo‘lgan majmuada mushuklar uchun turli sharoitlar yaratilgan. Bu yerga tashrif buyurganlar nafaqat hayvonlarni tomosha qilishi, balki ular bilan vaqt o‘tkazishi ham mumkin.

Xitoyda 1000 dan ortiq mushuk yashaydigan “Mushuklar saroyi” mavjudligini bilarmidingiz?

Majmuada:

mushuklar uchun maxsus o‘yin xonalari;

tashrif buyuruvchilar dam olishi mumkin bo‘lgan kafelar;

kichik mushukchalar uchun maxsus “bolalar bog‘chasi” mavjud. “Mushuklar saroyi”ga kirish ham nisbatan hamyonbop. Chipta narxi 40 yuan, ya’ni taxminan 5,5 dollarni tashkil qiladi.

Bu yerda mushuklar uchun yaratilgan sharoit va ularning soni maskanni oddiy tematik bog‘dan ancha farqli qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar