AQSh vitse-prezidenti Rossiyaning saylovlarga aralashuvi haqida bayonot berdi

1 daqiqa o'qish3.4K
AQSh vitse-prezidenti Rossiyaning saylovlarga aralashuvi haqida bayonot berdi
31 iyul kuni Nyu-Yorkda AQShning yuqori martabali mulozimlari ishtirokida Milliy kiberxavfsizlik sammiti o‘tkazildi.

Unda qatnashgan vitse-prezident Mayk Pens hamda ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nelsen xonim Rossiyaning AQSh saylovlarida qatnashgani haqida bayonot berishdi.

Qaysidir ma’noda bu bayonotni kutilmagan chiqish deyish mumkin, chunki har ikki mulozim Donald Trampning tarafdorlari sifatida e’tirof etiladi.

Xususan, aynan Tramp Nelsen xonim nomzodini AQShning eng muhim vazirliklaridan bo‘lgan ichki xavfsizlik vazirligiga rahbar sifatida tavsiya qilgandi. Vitse-prezident Mayk Pens esa doim Trampning himoya qilib keladi. Masalan, Xelsinkida o‘tgan sammitdagi Trampning mamlakat aholisi tomonidan «sharmandali» deb baho berilgan chiqishidan keyin Pens prezidentni qo‘llashga o‘zida kuch topa olgandi.

«Bu ruslar edi», deb so‘zini boshladi Nelsen xonim AQShda o‘tgan 2016 yildagi prezidentlik saylovlariga chetdan aralashuv bo‘lgani haqida gapira turib. «Saylovlarimizga bo‘lgan har qanday aralashuvni demokratiyamizga tahdid deb bilamiz. Biz bunga jim qarab tura olmaymiz»,- deya ichki xavfsizlik vaziridan iqtibos keltiradi Bloomberg.

Odatda keskin chiqishlardan tiyiladigan va og‘ir bosiq hisoblangan janob Pens ham bu borada Rossiyaning aralashuvi inkor qilib bo‘lmaydigan fakt ekanini ta’kidladi: «Bizning 2016 yildagi saylovlarimizda Rossiyaning aralashuvi inkor etib bo‘lmaydigan fakt. Bu bizning razvedka taqdim etgan ishonchli ma’lumot»,- deydi Pens.

Xelsinkida o‘tgan sammitda Trampdan Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashgani borasida nimaga o‘z razvedkasiga emas, Putinning so‘zlariga ishonayotgani haqida so‘rashganda u «Putinning dalillari ishonchliroq» deb javob bergandi.

AQSh prezidentining mamlakatning eng muhim tashkiloti hisoblangan razvedkaga butun dunyoning ko‘z o‘ngiga ishonchsizlik bildirgani ko‘pchilik siyosatchilarning, xususan Trampning tarafdorlari bo‘lgan insonlarning ham g‘azabini qo‘zg‘atgandi. Masalan, Trampni saylovlarda qo‘llab-quvvatlagan Arnold Shvarsenegger prezidentni «Vatanni sotganlikda» ayblagandi.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?