Messining onasi o‘g‘lining vorisini aytdi: Niko Pas hayajonga tushdi

1 daqiqa o'qish1
Messining onasi o‘g‘lining vorisini aytdi: Niko Pas hayajonga tushdi

Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi davri yakunlanishi arafasida uning o‘rnini kim egallashi haqidagi savollar ko‘paymoqda. Qizig‘i, futbol afsonasining onasi Seliya Mariya Kuchchittini bu borada o‘z tanlovini bildirgan. Uning fikricha, «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pas kelajakda o‘g‘lining milliy jamoadagi o‘rnini egallashi mumkin.

All About Argentina nashri Radio La Red ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Seliya bu gaplarning o‘ziga aytganida Pas qattiq hayajonlangan.

Messining onasi yosh futbolchiga ishonch bildirdi

22 yoshli Niko Pas Argentina futbolidagi istiqbolli iqtidorlardan biri hisoblanadi. U Kanar orollarida tug‘ilgan va Ispaniya terma jamoasida o‘ynash huquqiga ham ega bo‘lgan. Biroq xalqaro maydonda Argentina sharafini himoya qilishni tanlagan.

Pas avval Argentinaning 20 va 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan jamoalarida harakat qilgan. Asosiy terma jamoadagi debyutini esa 2024 yil 15 oktyabr kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichida Boliviyaga qarshi o‘tkazgan.

6:0 hisobida yakunlangan o‘sha uchrashuvda Niko Pas uchta gol urgan Messiga golli uzatma bergandi.

Messi terma jamoa bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi 7 oktyabr kuni Argentina milliy jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Beninga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan bahsda u bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Messining o‘rnini egallash har qanday futbolchi uchun ulkan mas’uliyat. Seliya Kuchchittinining Nikoga bildirgan ishonchi yosh yarimhimoyachi uchun katta rag‘bat bo‘lishi mumkin.

Biroq Messining haqiqiy vorisi bo‘lish uchun maqtovning o‘zi yetarli emas. Niko Pas bu ishonchni maydondagi o‘yini, natijalari va milliy jamoadagi barqaror ishtiroki bilan oqlashi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?