Shimoliy Koreyadan AQShni aldaganlikda gumon qilishmoqda

1 daqiqa o'qish3.7K
Shimoliy Koreyadan AQShni aldaganlikda gumon qilishmoqda
Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketalar uchirilgan Soxe poligonini buzmoqda, ammo yadroviy ob’yektlarga tegmayapti. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

KXDRdagi yadroviy faollikni kuzatib boruvchi 38North guruhining qayd etishicha, Soxe poligonida vertikal sinov stendining po‘lat konstruksiyasi yig‘ishtirib olingan, yoqilg‘i baklari olib tashlangan. Uchish maydonchasidagi devorlar ham buzilmoqda.

Janubiy Koreyadagi Yonse universitetining bildirishicha, aynan qit’alararo ballistik raketalar bilan bog‘liq ob’yektlar AQSh uchun birinchi o‘rindagi xavf sanaladi, ular yadroviy kallakni Amerikagacha yetkaza oladi. Shu bois Soxe poligonining buzilishi muhim qadam hisoblanadi.
Shimoliy Koreyadan AQShni aldaganlikda gumon qilishmoqda
Shu bilan birgalikda ekspertlar KXDR AQSh bilan muzokaralarda mamlakat mavqei balandroq turishi uchun yadroviy qurollarini saqlab qolishi mumkin degan fikrni bildirishmoqda. Buni iyun oyida Yonbyondagi yadroviy ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan olingan suratlar qisman tasdiqlaydi. Qayd etilishicha, ob’yektda yangi bino qurilgan va 5 megavatt quvvatga ega elektr plutoniy reaktori uchun sovutgich modifikatsiya qilingan.

Iyul oyi oxirida Shimoliy Koreya Soxe poligonini buzishni boshlagani xabar qilingandi. May oyida Pxenyan Pungeri yadro poligoni yopilganini e’lon qildi. Shu bilan birga Amerika razvedkasi maydoncha foydalanish uchun yaroqli holda qolayotganini bildirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?