13:42 / 18.09.2018
4 888

OAV: Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilgan

OAV: Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilgan
Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan boʻlishi mumkin. Bu haqda CNN telekanaliga tayangan holda Kun.uz xabar bermoqda.

Telekanal maʼlumotlariga koʻra, samolyot Isroil harbiy-havo kuchlarining hujumini qaytarish paytida tasodifan urib tushirilgan. Hukumatdagi yana bir manbaning tasdiqlashicha, Suriyaning Lataqiya viloyatiga zarbalar Isroil samolyotlari tomonidan berilgan.

Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yoʻqotgani xabar qilingandi.

Maʼlum qilinishicha, 17 sentyabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning taʼkidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa moʻljalgacha urib tushirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV: Rossiyaning Il-20 samolyoti urib tushirilgan