Nega ayrim fermerlar qoramollarga zebranikidek chiziqlar tushirmoqda?

1 daqiqa o'qish937
Nega ayrim fermerlar qoramollarga zebranikidek chiziqlar tushirmoqda?

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek fermerlari qoramollarning tanasiga zebranikidek oq-qora chiziqlar tushirilayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Bu usul chorva mollarini chaquvchi hasharotlardan himoya qilishga yordam berishi mumkin.

Bunday usul birinchi navbatda Yaponiyada o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda sinab ko‘rilgan. 2019 yilda PLOS ONE jurnalida chop etilgan tadqiqotda yapon olimlari qoramollarning tanasiga zebraga o‘xshash oq-qora chiziqlar tushirgan. Olti bosh yapon qora zotiga mansub qoramol ishtirok etgan tajribada chiziq tushirilgan hayvonlarga qo‘nadigan chaquvchi pashshalar soni chiziqsiz qoramollarga nisbatan qariyb 50 foizga kamaygan.

Olimlar shuningdek, chiziq tushirilgan qoramollar pashshalarni haydash uchun boshini silkitish, dumini o‘ynatish va oyog‘ini tepish kabi harakatlarni ham kamroq qilganini kuzatgan. Tadqiqotchilarning fikricha, zebraga xos chiziqlar pashshalarning hayvon tanasiga qo‘nishini qiyinlashtirishi mumkin.

Ushbu g‘oya keyinchalik Yaponiyaning ayrim hududlarida amaliyotda ham qo‘llana boshlagan. 2024 yilda Yamagata prefekturasida fermerlar qoramollarga oq-qora chiziqlar tushirib, ularni qon so‘ruvchi hasharotlardan himoya qilishga uringani xabar qilingan.

Shu bois ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekistondagi videolarni ham shu usul bilan bog‘lash mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?