Qozog‘istonda harbiylar halokati munosabati bilan umummilliy motam e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish796
Qozog‘istonda harbiylar halokati munosabati bilan umummilliy motam e’lon qilindi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Mang‘istau viloyatida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi munosabati bilan 25 sentyabr kuni mamlakatda umummilliy motam e’lon qildi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.

Fojia 24 sentyabr kuni Qozog‘iston Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy dengizi sohilida o‘tkazilgan o‘quv-jangovar mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ob-havo sharoiti keskin yomonlashib, shamol kuchaygani sabab 19 nafar harbiy xizmatchini dengiz oqimi olib ketgan.

Dastlab Mudofaa vazirligi 9 nafar harbiy xizmatchining halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 12 nafarga yetgan. Yana ikki harbiy xizmatchi bedarak yo‘qolgan, bir nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan Qozog‘iston Bosh prokuraturasi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov doirasida voqeaning barcha holatlari o‘rganilmoqda va zarur ekspertizalar tayinlangan.

Bosh vazir Oljas Bektenov voqeani har tomonlama o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzishni topshirgan. Komissiyaga Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozumbayev rahbarlik qilmoqda.

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev halok bo‘lgan harbiylarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, fojia sabablarini aniqlash va marhumlarning oilalariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq bergan.

Fojia munosabati bilan Aqtau shahrida shahar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayrim bayram tadbirlari ham bekor qilingan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?