Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 21 sentyabr kuni Kemin tumaniga qilgan amaliy tashrifi chogʻida Qirgʻizistonda oilaviy boshqaruvga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida yana bir bor maʼlum qildi. U prezidentning nomidan foydalanib ish qilayotganlarni javobgarlikka tortish haqidagi oʻz topshirigʻi haqida gapirdi, deb yozmoqda Kun.uz.
“Jeenbekov Bakiyevga aylangani, uning qarindoshlari davlatni boshqarayotgani haqida atayin yolgʻon mish-mishlar tarqatilmoqda. Men hech kimni boshqaruvga yaqinlashtirmayapman. Agar bilib qolsam, qattiq choralar koʻraman. Bu haqda hamma biladi. Ammo hozirda mening «qarindoshlarim”, “doʻstlarim” koʻpayib ketgan. Goʻyoki mening qarindoshlarimdek oʻzini koʻrsatib, ishga joylashishmoqda. Men bunday holatlarda hibsga olish kerakligini aytdim. Men uchun sobiq prezidentlarning tajribasi katta saboqdir. Oʻgʻlim va qizim bor. Oʻgʻlim 4-sinfda oʻqiydi. U Maksim Bakiyevning yoshiga yetgunicha, men lavozimdan ketaman. Mening maqsadim - xalq orasida boʻlish va prezidentlik lavozimini tinchlik bilan topshirish», - dedi u.
Prezident bundan avval ham Qirgʻizistonda oila va tanish-bilishchilik boshqaruviga yoʻl qoʻyilmasligi haqida gapirgan.
“Biz butun dunyoga yana bir bor koʻrsatdikki, Qirgʻiziston xalqi adolat gʻoyalarini hurmat qiladi, hech qachon tiz choʻkmaydi va oila hamda tanish-bilishchilik boshqaruviga toqat qilmaydi, - dedi u. - Hokimiyatni egallab olish, xalq mol-mulkini oʻzlashtirish va odamlarni xor qilmoqchi boʻlganlarga munosib javob berildi”. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi