Ukraina xavfsizlik xizmati Jirinovskiyni tergovga chaqirdi…

1 daqiqa o'qish4.4K
Ukraina xavfsizlik xizmati Jirinovskiyni tergovga chaqirdi…
Украина хавфсизлик хизмати Жириновскийни терговга чақирди…

Haqiqatan, Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya liberal demokratlar partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiyni Kiyevdagi boshqarmasiga chaqirgan. Siyosatchi shu yilning 27 sentyabr kuni soat ertalabki 09:00 da boshqarmaga yetib borishi shart. Bu yerda Jirinovskiyga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha tergov jarayoni boʻlib oʻtadi. Tergovga Jirinovskiy gumondor sifatida jalb etilgan. Bu ishni amalga oshirish uchun Kiyev sudi rasman ruxsat bergan.

Aytishlaricha, Jirinovskiy, yana shu partiya aʼzolari Mixail Degtyarev, Aleksey Didenkolar Donesk hamda Lugansk respublikalarini moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmati vakillari aytib oʻtdiki, 2014 yili Jirinovskiy va uning qoʻl ostidagi ikki partiyadoshi Rossiya xalqiga murojaat etib, Donesk va Lugansk respublikalari aholisiga moddiy koʻmak berishga chaqirgan. Buning uchun moddiy koʻmak qabul qiluvchi alohida boʻlimlar ham tashkil etilgan.

Bundan tashqari, Jirinovskiyni Donesk rahbarlariga Moskva shahridan vakillik faoliyati yuritishga moʻljallangan alohida joy topib berganlikda, harbiy harakatlar uchun moʻljallangan oltita avtomobil hadya etganlikda ayblashmoqda. Bu jinoyatlar uchun siyosatchi va uning sheriklari Ukraina jinoyat majmuasi alohida moddalariga asosan 10 yildan 12 yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum etilarkan. Yana Ukraina bosh prokuraturasidagilarning gapiga qaraganda, Jirinovskiyga nisbatan Yevroittifoq, Kanada, Avstraliya, Shveytsariya tarafidan alohida sanksiyalar eʼlon qilingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?