Indoneziyada yangi yer silkinishlar qayd qilindi (video)

1 daqiqa o'qish4.1K
Indoneziyada yangi yer silkinishlar qayd qilindi (video)
3 oktyabrda Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyatida 4,8 magnitudali yer silkinish yuz berdi. Bu haqda Meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi maʼlum qilgan.

Maʼlum qilinishicha, zilzila markazi viloyatning maʼmuriy markazi Palu shahridan 20 km uzoqlikda, oʻchogʻi 10 km chuqurlikda boʻlgan. Shaharda kichik yer silkinishlar sezilgan. Jabrlanganlar va talofatlar haqida maʼlumot berilmagan.

Oʻtgan haftada shu hududda 7,4 magnitudali vayronkor zilzila yuz bergandi. 2 kun davomida 170 ga yaqin takroriy yer silkinish qayd qilingan. Kuchli zilzilalar toʻlqinlari balandligi 5-7 metrga yetgan kuchli sunami keltirib chiqargan.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida 1234 kishi halok boʻlgan, yana 100 ga yaqin kishi bedarak yoʻqolgan, deb hisoblanmoqda. Yuzlab odamlar jarohat olgan. Zilzila oqibatida 60 mingdan koʻproq odam oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?