Rossiya Mudofaa vazirligi Oʻzbekistonda Pentagon laboratoriyasi tashkil etilgani haqida xabar berdi

1 daqiqa o'qish4.6K
Rossiya Mudofaa vazirligi Oʻzbekistonda Pentagon laboratoriyasi tashkil etilgani haqida xabar berdi
Ukraina, Ozarboyjon va Oʻzbekistonda Pentagon nazorati ostidagi laboratoriyalarni rekonstruksiya qilish davom etmoqda, deb xabar berdi RF Qurolli kuchlarining radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi Igor Kirillov. Bu haqda “Kun” nashri maʼlum qildi.

“Lugar markazi AQSHning keng qamrovli harbiy-biologik dasturining kichik elementidir. Rossiyaga yaqin hududlarda faollik kuchaytirildi, bu yerlarda ham Pentagon nazoratidagi laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda. Ukraina, Ozarboyjon va Oʻzbekistonda laboratoriya korpuslarini rekonstruksiya qilish davom etmoqda”, - dedi u.

Kirillovning soʻzlariga koʻra, ular faoliyatining ustuvor yoʻnalishi - yuqumli kasalliklar haqida maʼlumot yigʻish va patogen mikroorganizmlar shtammlariga ega boʻlgan, shu jumladan, antibiotiklarga chidamli hamda vaksinalar himoya taʼsirini uzaytiruvchi milliy kolleksiyalarni olib chiqishdir.

Avvalroq, Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Moskvada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida AQSH prezidenti Donald Trampga Richard Lugar nomidagi laboratoriya faoliyatini tekshirish iltimosi bilan murojaat qilgani haqida xabar bergandi. I.Giorgadzening bildirishicha, odamlarda oʻlim bilan yakun topishi mumkin boʻlgan tajribalar oʻtkazadi. Giorgadze 2015 yil dekabrda laboratoriyada S gepatitidan davolanish vaqtida 30 nafar odam halok boʻlgani haqida maʼlumotlarni keltirgan. 2016 yil aprel va avgust oylarida, mos ravishda, 30 va 13 kishi vafot etgan boʻlsa, “oʻlim sababi” ustunida “nomaʼlum”, deya koʻrsatilgan, ammo sabablar tekshiruvdan oʻtkazilmagan. Uning soʻzlariga koʻra, ismlar aniqlanmagan, faqat ular tugʻilgan sana va jinslari boʻlgan raqamlar berilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?