16:56 / 08.10.2018
3 425

Kim Chen In AQSH davlat kotibiga yadroviy poligon yoʻq qilinganini tasdiqladi

Kim Chen In AQSH davlat kotibiga yadroviy poligon yoʻq qilinganini tasdiqladi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuvda Pungiri yadroviy poligoni yoʻq qilinganini tasdiqladi va bunga ishonch hosil qilish uchun mamlakatga inspektorlarni taklif qildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, tomonlar AQSH prezidenti va Shimoliy Koreya yetakchisi oʻrtasida boʻlib oʻtajak ikkinchi sammitni muhokama qilishgan va “uning oʻtkazilishi joyi hamda sanasi variantlari”ni aniqlashtirib olishgan.

“Davlat kotibi Pompeo va rais Kim barcha guruhlarga Singapur bayonotidagi bandlarni amalga oshirish maqsadida qolgan masalalarni muhokama qilish uchun yaqin orada uchrashuv oʻtkazishni topshirishga kelishib olishdi”, deb aytilgan xabarda.

Uchrashuvda, shuningdek, AQSHning Shimoliy Koreya boʻyicha maxsus vakili Stiven Bigun, Koreya ishchi partiyasi markaziy qoʻmitasi direktori birinchi oʻrinbosari Kim Yo Chen ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In AQSH davlat kotibiga yadroviy poligon yoʻq qilinganini tasdiqladi