Saudiyalik jurnalist Jamol Xoshxojining so‘roq qilinishi va o‘ldirilish jarayoni uning Apple Watch soatiga yozilib qolgan, deb xabar berdi Kun nashri Turkiyaning Sabah gazetasiga tayanib.
Nashrning ma’lum qilishicha, Xoshxoji konsullik binosiga kirishidan oldin qaylig‘iga iPhone’ini qoldirgan va Apple Watch soatini audiooyozuv rejimiga qo‘ygan. Gazetaning qayd etishicha, smartfon "jurnalistning qo‘lidagi Apple Watch bilan sinxronlashgan".
"Natijada jurnalistning so‘roq qilinishi, qiynoqqa solinishi va o‘ldirilishi jarayoni iPhone’ga uzatilgan va avtomatik ravishda Apple iCloud’ga yuklangan. Xabar qilinishicha, Saudiya razvedkasi vakillari jurnalistning qo‘lidagi soatni payqab qolishgach, undagi yozuvlarni o‘chirishga urinishgan. Ammo ayrim yozuvlar saqlanib qolgan va ular o‘rganib chiqilganidan so‘ng qotillik amalga oshirilgani ma’lum bo‘lgan", — deb yozadi gazeta.
Payshanba kuni Washington Post gazetasi Turkiya AQShga jurnalistning qiynoqqa solingani va o‘ldirilganini isbotlovchi audio va videoyozuvlar mavjudligini bildirganini yozgandi. Gazeta manbasining so‘zlariga ko‘ra, Xoshxoji 2 oktyabr kuni konsullik binosiga kirganidan so‘ng o‘ldirilgan va tanasi nimtalangan.
Washington Post gazetasida sharhlovchilik qiladigan Xoshxoji 2 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasiga kirganidan so‘ng yo‘qolib qolgandi.
Saudiya hukumatining ta’kidlashicha, jurnalist konsullik binosidan chiqib ketganidan so‘ng yo‘qolib qolgan. Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni jurnalistning yo‘qolib qolishiga aloqador emasligini isbotlashi shartligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi