Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida 26-29 oktyabr kunlari katta palov pazandalik festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Janubiy restoranlar forumi “Menyu Rostov – 2018” doirasida bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbirda Rostov aholisi va mehmonlarini bir necha kutilmagan sovg‘alar kutmoqda. Ular orasida nafaqat xursandchilik bayrami, balkim turli millatlar madaniyati va urf-odatlari namoyishi ham kutmoqda.
Festivalning markaziy taomi – bu o‘zbek oshi bo‘ladi. Bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan ushbu milliy taom haqida ko‘plab tarixiy voqealar va afsonalar mavjud. Masalan, Amir Temur o‘z askarlarini jang oldidan palov bilan siylagani bu - haqiqat. Abu Ali ibn Sino esa palovdan kuch-quvvatni va ruhni ko‘taruvchi vosita sifatida foydalangan.
Bugungi kunda o‘zbek palovni butun MDH xalqlari yaxshi bilishadi va sevib iste’mol qilishadi. Ushbu tadbir Rossiyada o‘ziga xos rekord o‘rnatishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida 1500 kishi uchun osh pishiriladi va bir necha master-klasslar bo‘lib o‘tadi.
Palov tayyorlashda O‘zbekistonlik mashhur oshpazlar hamda “Osiyo” o‘zbek madaniy markazi rahbari Qiyomxon Boboyev hamda O‘zbekiston Bosh oshpazlari assotsiatsiyasi a’zosi Hamid Umarov ham ishtirok etadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun Moskvadan O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham kelishadi. Milliy taom milliy musiqa sadolari ostida pishiriladi. Tashkilotchilar barchani o‘zbek oshi, salat va issiq kulcha non bilan saylashga va’da berishgan.
Osh pishirishga qiziquvchan ishtirokchilar uchun esa alohida tanlov va turli musobaqalar tayyorlashgan. Bosh oshpazlar ularda ushbu festival unutilmas taasurot qoldirishini aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat