
«Qiblatayn» masjidi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Madinaga hijrat qilganlaridan ikki yil o‘tib bunyod etilgan.
Mazkur masjidning musulmonlar uchun yana bir ahamiyatli jihati shundaki, aynan shu yerda Muhammad alayhissalom Alloh taolodan qiblani Quddusdan Makkaga o‘zgartirish vazifasini olganlar.
«Qiblatayn»da ikkita mehrob bo‘lib, biri Quddusga, biri esa Makkaga yo‘nalgan. Bu borada «Qiblatayn» yer yuzidagi yagona masjid sanaladi.
Masjidda ikkita minora mavjud. Bir paytning o‘zida bu yerda 2000 kishi namoz o‘qishi mumkin.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar