Ikki Haramning Usmonli idorasi davrida oshpaz bo‘lib ishlagan kishi, ovqat pishirish uchun go‘sht tugaganini idora boshlig‘iga aytdi. Shu sababli boshliq, go‘sht olib kelish uchun bir askarga buyruq berdi.
Askar go‘shtni olib qaytayotgan vaqtda, Ka’bani tavofdan xoli ekanligini ko‘rib, o‘z-o‘ziga:
-“Ka’bani tavof qilib, undan so‘ngra idoraga qaytsam, dedi. Ka’bani tavof qilib bo‘lgach, idora tomon yo‘lga tushdi.
Boshliqning oldiga borib, go‘sht olib kelganini xabarini berdi. Boshliq esa go‘shtni oshpazga oborib topshirishni buyurdi.
Oshpaz go‘shtni pishirish uchun qozonga solib, boshqa narsaga mashg‘ul bo‘ldi. Biroz vaqtdan keyin go‘shtdan xabar olish uchun kelgan oshpaz, go‘shtni hali ham xom ekanligi ko‘rdi. Qozonning tagidagi olovini kuchaytirib yana ketdi. Biroz o‘tib qaytib kelib go‘shtga qarasa, avval qanday qo‘ygan bo‘lsa yana shundayligicha turganini ko‘rdi.
Askarlardan yana ham ko‘proq o‘tin olib kelishini so‘radi va olovni yana ham kuchaytirdi. Oradan ozroq vaqt o‘tib, oshpaz go‘shtga takror qaraganida, go‘sht hali ham qip-qizil va shuncha vaqt qozonda pishirilganiga qaramasdan ozgina bo‘lsa ham pishish alomati yo‘q ekanligini ko‘rdi.
Boshliqqa bo‘lgan holatdan xabar bergan oshpaz, qozon boshiga keldi. Boshliq bo‘linmadagi barcha askarlarni to‘plab, go‘shtni kim olib kelganini so‘radi. Go‘shtni olib kelgan askar, bir qadam oldingga chiqdi. Boshliq:
- Qani gapir. Bu go‘shtni kimdan, qayerdan va qanday qilib olding? dedi. Askar, go‘shtni har doim oladigan joyimdan, tanish qassobdan oldim. Faqat Haram oldidan o‘tib ketayotib, Ka’ba tanho ekanligini ko‘rib, qo‘ynimdagi go‘sht bilan tavof qildim. Undan so‘ngra Maqomi Ibrohim alayhissalomda ikki rakat namoz o‘qib keldim, dedi.
Boshliq to‘satdan bo‘kirib yig‘lay boshladi...
Bo‘linmaga qaytayotib bo‘kirib bo‘kirib yig‘lab:
-Ko‘ryapsizlarmi?
Ka’bani tavof qilgan hattoki bir jonsiz go‘sht parchasini, Janobi Haq olovda yoqmadi! Insonni qanday qilib yoqsin, deb yig‘lar edi.
U yerda to‘planganning barchasi ko‘z yoshlariga cho‘mgan holda, "La havla va la quvvata illa billah" ni aytishar edi.
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi