Pastdarg‘omda qarzdorlik sabab MAN yuk avtomobili xatlandi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda qarzdorliklarni undirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, Pastdarg‘om tumanida qarzdor “Ch.I.P” MCHJning soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini undirishga qaratilgan ijro harakatlari amalga oshirildi.
Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli MAN rusumli yuk avtomobili aniqlanib, belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Qayd etish joizki, qarzdorlik belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, xatlangan mol-mulk qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi mumkin.
Bunda mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Byuro organlari tomonidan qarzdorliklarni undirish va ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida majburiy ijro choralari izchil davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…