07:53 / 23.10.2018
2 825

Alisher Usmonov nima uchun Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi?

Alisher Usmonov nima uchun Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi?
Bugun rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Mail.Ru Group boshqaruvidan chiqishi maʼlum qilindi. Usmonovning oʻzi “bu jarayonga soʻnggi yillar davomida tayyorgarlik koʻrgani”ni bildirdi, deb yozmoqda Kun.uz.

“Aminmanki, yuqori texnologiyali kompaniyalarni yosh avlod – zamonaviy raqamli biznesning rivojlanish tendensiyalaridan xabardor boʻlgan isteʼdodli hamda katta maqsadli shaxslar boshqarishi lozim”, – deyiladi USM asoschisi bayonotida.

Endilikda Mail.Ru menejerlari Boris Dobrodeyev va Dmitriy Sergeyev, shuningdek, “Gazprombank” top-menejerlari Alan Vaksman hamda Sergey Mednov yangi aʼzolar sifatida direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi.

Alpari kompaniyasining katta tahlilchisi Roman Tkachukning fikricha, Alisher Usmonov shu yoʻl bilan AQSH tomonidan tayyorlanayotgan sanksiyalarga tayyorgarlik koʻrmoqda. Amerikalik siyosatchilarning oxirgi bayonotlariga koʻra, AQSH Rossiya hamda rossiyalik oligarxlarga nisbatan har oyda sanksiyalar joriy etishi kutilmoqda. Usmonovning boshqaruvni tark etishi esa Mail.Ru Groupʻni sanksiyalar xataridan saqlab qoladi.

Nazoratni toʻlaligicha boshqaruv qoʻliga topshirish Alisher Usmonov uchun birinchi marta emas. U 2016 yilda oʻzining USM Holdings kompaniyasidagi nazoratidan voz kechgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov nima uchun Mail.Ru Group boshqaruvidan voz kechdi?