
Parijda Artcurial auksion uyida Eyfel minorasidan 1983 yilda demontaj qilingan zinapoyaning bir qismi sotuvga qo‘yiladi. Ma’lum qilinishicha, minoraning bu qismi 4 metrdan ko‘proq balandlikka ega va 25 ta zinadan iborat.
Ushbu eksponat minoraning 2- va 3-sathlarini bog‘lagan, 1889 yildagi original zinapoyaning bir seksiyasi hisoblanadi. Auksion 27 noyabrda o‘tkaziladi. Zinapoyaning boshlang‘ich narxi 60 ming yevro qilib belgilangan va u auksiongacha ko‘rgazmada turadi.
Zinapoya Eyfel minorasining oxirgi ikkita sathlari orasida lift o‘rnatilgandan keyin yechib olingan. Zinapoyaning po‘lat qismi 2 metrdan 9 metrgacha balandlikdagi 24 ta seksiyaga kesilgan.
Hozirda zinapoyaning bu qismlari nufuzli tashkilotlar va xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar