Parij moda haftaligida noodatiy obrazlar namoyish etildi (video)

Parij moda haftaligida noodatiy obrazlar namoyish etildi (video)

2026 yil 28 sentyabr kuni Parij moda haftaligi doirasida Fransiya poytaxtidagi Place de la République maydonida Matières Fécales brendining 2027 yil bahor-yoz kolleksiyasi namoyish etildi. Bu maydonda moda namoyishi ilk bor tashkil etilgani qayd etilgan.

“The Ninety-Nine Percent” (“99 foiz”) deb nomlangan kolleksiyada 99 nafar model ishtirok etdi. Ularning barchasi rangli irq vakillari bo‘lib, dizaynerlar Stiven Raj Bhaskaran va Hanna Rouz Dalton kolleksiya orqali moda olamida turli guruhlar va madaniyatlar vakilligiga e’tibor qaratgan.

Namoyishda oq, qora va qizil ranglardagi liboslar, hajmli ko‘ylaklar, charm va jinsi matodan tikilgan kiyimlar, turli bosh kiyimlar hamda noodatiy aksessuarlardan foydalanilgan. Ayrim obrazlarda hind sarisiga xos mato va drapirovkalar ham aks etgan.

Namoyishning ayrim obrazlari, xususan, yuziga to‘liq oq makiyaj qilingan modellar ham tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Shuningdek, kolleksiyada diniy va turli madaniy ramzlardan ilhomlangan obrazlar, “Resist” yozuvli kiyimlar ham namoyish etildi.

Matières Fécales dizaynerlari mazkur kolleksiya orqali avvalgi mavsumdagi boylik va elita mavzusini davom ettirib, bu safar jamiyatning keng qatlamlari, o‘ziga xosligi va vakilligi masalasiga e’tibor qaratgan. Namoyish o‘zining keskin makiyaji va sahnaviy obrazlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilindi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar