Suriyaning Suvaydo viloyati aholisi prezident Bashar Asad qabulida IShID jangarilaridan ozod qilinganlariga minnatdorlik belgisi sifatida Asadni yelkalariga ko‘tarib olishdi.
Asad ozod qilinganlar va ularning oilalari bilan 13 noyabrda uchrashgan. Jangarilar ularni 3 oydan ko‘proq vaqt tutqunlikda ushlab turgan.
Al-Watan nashri tomonidan e’lon qilingan videoda bir necha kishi Asadni ko‘targani, ulardan biri esa uni yelkasiga o‘tkazib olgani tasvirlangan. So‘ngra yig‘ilganlar Suriya va Asad nomiga shiorlar aytishadi.
Ushbu uchrashuvdan olingan yana bir videoda Suvaydo vakillaridan biri Asadga arab qahvasi taklif qiladi. Asad qahvani ichgandan keyin finjon arab an’analariga ko‘ra yerga urib sindiriladi.
[media=https://www.facebook.com/plugins/video.php?href=https%3A%2F%2Fwww.facebook.com%2Falwatan.sy%2Fvideos%2F713182205747420%2F&show_text=0&width=560]
Suriyalik harbiylar rossiyalik hamkasblari boshqaruvida 8 noyabrda Suvaydoda iyulda asirga olingan 19 kishini ozod qildi. Druz millatiga mansub 15 bola va 4 ayol Xamim aholi punktida 3 oydan ko‘proq vaqt ushlab turilgan.
Ta’kidlanishicha, jangarilarning As-Suvaydo shahri va bir qator qishloqlarga 25 iyuldagi hujumi oqibatida 210 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 200 dan ko‘proq odam jarohat olgan. Jangarilar, shuningdek, bir necha kishini asirga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi