06:10 / 16.11.2018
3 072

Angliya qirolichasining sobiq oshpazi uning ovqatlanish sirlarini oshkor qildi

Angliya qirolichasining sobiq oshpazi uning ovqatlanish sirlarini oshkor qildi
Angliya qirolichasi Yelizaveta II ning sobiq oshpazi Darren Makgredi qirolicha qanday ovqatlanishi va nimalarni xush ko‘rishi, qanday taomlarni yoqtirmasligi haqida o‘zining «Qirolichasiga ovqatlanish» kitobida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uning aytishicha, qirolicha hatto bir o‘zi ovqatlanganda ham qirollik etiketiga amal qilarkan. U ketchup, kartoshkani jinidan yomon ko‘radi. Tarkibida kraxmal mavjud taomlardan ham o‘zini olib qochadi. Baliq va tovuqning grilda tayyorlangan go‘shtini maza qilib yeydi. Piyoz va sarimsoqning yaqiniga ham yo‘lamaydi.

Mollyuskalarni zaharlanib qolishdan qo‘rqqani uchun iste’mol qilmaydi. Bananni qo‘l emas, sanchqi yoki pichoq yordamida tanovul qiladi. Qirolichaning aytishicha, bananni qo‘l bilan yegan odamning maymundan farqi qolmas ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliya qirolichasining sobiq oshpazi uning ovqatlanish sirlarini oshkor qildi