06:30 / 18.11.2018
2 263

Ikkinchi audioyozuv Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha saudlar versiyasini to‘liq yo‘qqa chiqardi

Ikkinchi audioyozuv Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha saudlar versiyasini to‘liq yo‘qqa chiqardi
Turkiya jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi bilan bog‘liq oldingidan uzunroq va batafsilroq audioyozuvni taqdim etdi. Bu haqda Hürriyet gazetasiga tayanib Azon.uz yozmoqda.

Mazkur audioyozuv Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan bayonotni inkor qiladi. Bayonotga ko‘ra, “operativ guruh dastlab jurnalistni vataniga olib kelishi kerak bo‘lgan. Keyin guruh rahbari o‘ldirish haqida buyruq bergan”.

Ta’kidlanishicha, yetti daqiqali audioda “Qoshiqchining yashab qolish uchun harakat qilgani va unga Turkiyani tark etish yuzasidan hech qanday ishora qilinmaganini” tinglash mumkin.

Shu bilan birga, nashrning yozishicha, “turk rasmiylaridan hech kim qirollik bosh prokuraturasining o‘lim sababi narkotik moddani me’yoridan ortiq qabul qilingani haqidagi bayonotini tasdiqlamagan. Surishtiruv ishlaridan ma’lum bo‘lishicha, jurnalist arqon yoki polietilen paket yordamida bo‘g‘ib o‘ldirilgan”. Shuningdek audioyozuvda operativ guruhning Qoshiqchi bilan nima qilish va buning uchun kim javob berishi haqida olib borgan muzokaralari aks etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Ikkinchi audioyozuv Qoshiqchi o‘limi bo‘yicha saudlar versiyasini to‘liq yo‘qqa chiqardi