Meksikadagi Oy piramidasi ostida «narigi dunyo»ga yo‘l topildi

1 daqiqa o'qish7.2K
Meksikadagi Oy piramidasi ostida «narigi dunyo»ga yo‘l topildi
Foto: Reuters
Meksikalik arxeologlar Teotiuakandagi Oy piramidasi ostida yerosti tunnelini topdi. U dafn marosimlari uchun foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Mexico News Daily’ga tayanib, Daryo xabar bermoqda.

1980 yillardagi avvalgi qazish ishlarida olimlar bosh suyagi shakli o‘zgargan inson jasadi qoldiqlari, shuningdek, yashil toshdan turli artefaktlarni topgan. Shu sababdan bu kabi ob’yektlarni piramida ostidan ham topish mumkinligi taxmini yuzaga kelgan.

Arxeologlar piramidani elektrotomografiya yordamida skanerlab, sakkiz metr chuqurlikda yerosti kamerasiga olib boruvchi 15 metr uzunlikdagi tunnelni topdi. Labirintlar o‘lchami va avvalgi topilmalar bu joy ramziy ma’noga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

Olimlar fikricha, piramida ostida «narigi dunyo» ramzi joylashgan.

Oy piramidasi eramizning 200—450 yillari oralig‘ida barpo etilgan. Qurilma zinasi O‘liklar yo‘liga olib boradi, uning cho‘qqisida esa Oy xudosi sharafiga diniy marosimlar uchun foydalanilgan maydoncha joylashgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?