Arxeologlar rim imperatori saroyi ostida kutilmagan xonani topdi

2 daqiqa o'qish3.9K
Arxeologlar rim imperatori saroyi ostida kutilmagan xonani topdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Italiyaning Tivoli shahridagi Adrian villasi hududida olib borilgan qazishmalar natijasida Rim imperatori saroyi ostidan yashirin yerosti inshooti topildi.
  • Ispaniyaning Sevilya shahridagi Pablo de Olavide universiteti ma'lum qilishicha, mazkur ulkan saroy milodiy 117-138 yillarda Rim imperiyasini boshqargan imperator Adrianning qarorgohi bo'lgan.

Italiyaning Tivoli shahrida joylashgan mashhur Adrian villasi hududida arxeologlar yana bir muhim kashfiyotga erishdi. Qazishmalar davomida Rimning afsonaviy imperatorlaridan biriga tegishli saroy ostida yashirin yerosti inshooti aniqlandi. Mutaxassislar fikricha, ushbu topilma majmua hududida hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng qadimiy inshoot bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Sevilya shahridagi Pablo de Olavide universiteti (UPO) ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ulkan saroy milodiy 117–138 yillarda Rim imperiyasini boshqargan mashhur imperator Adrianning qarorgohi bo‘lgan. Adrian Britaniya shimolida qurdirgan mashhur Adrian devori hamda Rim imperiyasi bo‘ylab amalga oshirgan safarlari bilan tarixda alohida o‘rin egallagan. Bugungi kunda uning villasi YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, har yili minglab sayyohlar va olimlarni o‘ziga jalb etadi.

Arxeologlar aniqlagan yerosti inshooti esa Adrian davridan ham ancha oldin — miloddan avvalgi 509–27 yillarni o‘z ichiga olgan Rim Respublikasi davriga mansub ekani taxmin qilinmoqda. Demak, ushbu qurilma imperator saroyi barpo etilishidan bir necha asr avval mavjud bo‘lgan.

Qadimgi binoning gurisht va mozaika bilan bezatilgan pol hamda devorlari.

Mutaxassislarning fikricha, yerosti xonalari avval omborxona yoki don saqlanadigan silos sifatida xizmat qilgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik binodan foydalanish to‘xtatilgan va uning ichi qadimiy qurilish qoldiqlari hamda keramika buyumlari bilan qisman to‘ldirilgan.

Loyiha rahbari, arxeolog Rafael Idalgoning ta’kidlashicha, inshootning tuproq bilan to‘liq ko‘milmagani olimlar uchun kutilmagan holat bo‘lgan. Qazish ishlari davomida esa yanada qiziqarli topilmalar yuzaga chiqqan.

Yerosti xonalaridan ko‘plab keramika parchalari, shuningdek, yaqin atrofdagi binolar tomini bezagan me’moriy terrakota bezaklari topilgan. Ayrim bezaklarda it boshi, boshqalarida esa buqa boshi tasvirlangan bo‘lib, ular qadimgi Rim me’morchiligi haqida qimmatli ma’lumotlarni saqlab qolgan.

Olimlarning aytishicha, topilgan materiallar ushbu qadimiy villaning qaysi davrda qurilgani va qancha vaqt foydalanilganini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa Adrian saroyidan avval mavjud bo‘lgan tarixiy majmua haqidagi bilimlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Ochiq osmon ostidagi qadimiy tosh xarobalar va ularning atrofidagi yashil maydon.

Yana bir e’tiborli jihat shundaki, yerosti inshootining gumbazsimon tom qismi deyarli mukammal holatda saqlanib qolgan. Arxeologlarning ta’kidlashicha, bunday inshootlarda tom qismi odatda vaqt o‘tishi bilan qulab tushadi. Biroq bu safar hatto qadimgi rimliklar beton quyish jarayonida ishlatgan yog‘och qoliplarning izlari ham aniq ko‘rinib turgan.

Mutaxassislar ushbu kashfiyot Rim tarixidagi muhim bo‘shliqlarni to‘ldirishi mumkinligini aytmoqda. Chunki Adrian o‘z saroyini qurish jarayonida avvalgi binolarning katta qismini buzdirgan va shu sababli ular haqidagi ma’lumotlar juda kam saqlanib qolgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?