21:34 / 24.11.2018
3 017

Italiyadagi shaharchada o‘rnatilgan yagona kamera 2 haftada 59 mingta qoidabuzarlikni qayd etdi

Italiyadagi shaharchada o‘rnatilgan yagona kamera 2 haftada 59 mingta qoidabuzarlikni qayd etdi
Italiyaning Peve-di-Teko kommunasidagi cherkov yonida o‘rnatilgan yagona kuzatuv kamerasi 2 hafta ichida tezlikni oshirish bilan bog‘liq 58568 ta yo‘l harakati qoidabuzarligini qayd qildi. Aniqlanishicha, harakatlanish tezligiga o‘rnatilgan 50 km/soatlik cheklovni 1400 kishilik shaharchadan o‘tuvchi haydovchilarning yarmiga yaqini buzadi.

Shaharcha meri Alessandro Alessandrining aytishicha, unga “o‘pkasi yo‘q” haydovchilar ustidan muntazam ravishda shikoyat tushadi va shu sababli uni mahalliy aholining xavfsizligi juda tashvishlantiradi. Alessandri qoidabuzarliklarni qayd qiluvchi kamera haydovchilarni tezlikni oshirishdan qaytaruvchi omil bo‘lishiga umid qilgandi. Biroq, haydovchilarning aksariyatiga bu hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan va ular shahar orqali 100 km/soat tezlik bilan o‘tishda davom etmoqdalar.

Shahar meri ushbu yo‘l orqali ko‘p mashinalar o‘tishini kuzatuv kameralari va pullik yo‘llardan yurishdan qochmoqchi bo‘lgan haydovchilar orasida ommaviylashgani bilan tushuntirgan. Uning ta’kidlashicha, aksariyat haydovchilar yo‘lda tezlik nazorat qilinishi haqida ogohlantiruvchi belgi paydo bo‘lganiga e’tibor bermaydilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyadagi shaharchada o‘rnatilgan yagona kamera 2 haftada 59 mingta qoidabuzarlikni qayd etdi