Alyaskada 30 noyabrdan buyon 230 dan ortiq kuchsiz yer osti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati (USGS)ga tayanib, Daryo.uz xabar bermoqda.
Ushbu silkinishlar magnituda kuchi 7,0 tashkil qilgan kuchli zilzila oqibatida qayd etildi, bu yo‘l va binolarda yoriqlar yuzaga kelishiga olib keldi.
Mahalliy hukumat shtatda hayot tiklanayotganini ma’lum qildi.
«Bu 1964 yildan buyon qayd etilgan eng kuchli zilzila. AQSh tarixida bo‘lib o‘tgan eng kuchli, magnitudasi 9,2 bo‘lgan zilzilani nazarda tutdi», — deydi Ankorij meri Itan Berkovits.
30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan hodisa Ankorijning favqulodda holatlarga tayyorligini sinovdan o‘tkazdi. Yo‘l va binolarga yetkazilgan zararga qaramay, hech kimga jiddiy zarar yetmadi.
Hodisadan ikki kun o‘tgach aeroport, kasalxona va avariya xizmatlari hamda aksariyat korxonalar odatiy tartibda ishlagan.
Zilziladan so‘ng, bo‘lib o‘tgan u qadar katta bo‘lmagan silkinishlarni aksariyat aholi sezmadi. O‘nlab silkinishlar 4 magnitudadan oshmadi, ayrimlari 5 bo‘ldi. Juma kuni soat 23:00 da asosiy zilziladan so‘ng bo‘lib o‘tgan magnitudasi 5,2 bo‘lgan aftershok hamda 5,7 balli zilzila ko‘pchilikka sezilarli bo‘ldi.
Magnitudasi 7,0 bo‘lgan zilzila 30 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi shtatning eng yirik shahri Ankorijdan 10 mil (16 km) uzoqlikda joylashgan.
Shtat hukumati yetkazilgan zarar miqdori haqida aniq ma’lumotga ega emas. Vertolyot va dronlar butun hudud bo‘ylab infratuzilmani baholamoqda. Jiddiy zarar ko‘rganlar va bedarak yo‘qolganlar yo‘q.
Dushanba va seshanba kuni Ankorij maktablarida o‘quv maskanlariga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun darslar bekor qilingan.
Mutaxassislar yangi aftershoklar bo‘lishini taxmin qilmoqda, shtat gubernatori Bill Uoker Alyaskada favqulodda holat e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi