00:16 / 05.12.2018
3 437

Eron neft narxi 40 dollargacha arzonlashishini prognoz qildi

Eron neft narxi 40 dollargacha arzonlashishini prognoz qildi
OPEK ishlab chiqarishni kuniga kamida 1,4 mln barrelgacha kamaytirmasa, jahonda neft narxi bir barrel uchun 40 dollargacha tushishi mumkin. Bu haqda Eronning OPEKdagi vakili Husayn Kazempur Ardebili "Bloomberg" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ardebilining fikricha, hozirda jahonda neft qazib olishning haddan ziyod oshib ketishi ortiqcha neft zaxiralarini to‘plashga olib keladi, bu esa neft narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, Ardebili OPEK a’zolarining o‘zaro kelishuviga shubha qilayotganini ham ta’kidlab o‘tdi.

Noyabr oyida OPEK tashkilotiga a’zo davlatlarning neft ishlab chiqarish hajmi kuniga 33,3 mln barrelga yetgandi. Ushbu davrda Eronning o‘rtacha kunlik neft qazib olish hajmi 3 mln barrelni tashkil etgan.

Joriy yilning 4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:24da, 1 barrel neft narxi jahon bozorida 61,33 dollarni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun: 23 sentyabr kuni OPEK tashkilotining monitoring qo‘mitasi 2019 yildan neft qazib olish hajmiga cheklovlar qo‘yilishi mumkinligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron neft narxi 40 dollargacha arzonlashishini prognoz qildi