Rossiyada xorijiy ishchilar uchun 2019 yilga mo‘ljallangan kvota tasdiqlandi. Keyingi yilda Rossiyaga 2018 yilga nisbatan 20 foiz kam xorijiy ishchilar jalb qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi qarorni 8 dekabr kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev imzolagan.
Qarorga muvofiq kelgusi yilda Rossiyada xorijiy ishchilar uchun 144 583 ta o‘rin ajratiladi. Bu 2018 yilga belgilangan kvotaning 81 foiziga teng. 2018 yilda 178 450 ta o‘rin ajratilgan edi.
Rossiya federal migratsiya xizmati mamlakatda O‘zbekiston, Tojikiston va Ukraina mehnat muhojirlari ko‘pchilikni tashkil etishi haqida ma’lumot bergan edi.
Bundan biroz avval "Izvestiya" gazetasiga Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin O‘zbekiston va Rossiya istiqbolda nafaqa bo‘yicha bitim imzolashi mumkinligini aytgan. Unga ko‘ra, Rossiyada qonuniy ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar muayyan nafaqa to‘lovini olishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi