22:32 / 13.12.2018
6 523

Putin Yelsin unga prezident bo‘lishni qanday taklif qilgani haqida so‘zlab berdi

Putin Yelsin unga prezident bo‘lishni qanday taklif qilgani haqida so‘zlab berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaroslavda o‘tgan Umumrossiya professional navigatsiya forumi “ProyeKTOriYa” doirasidagi ochiq dars davomida Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsinning bosh vazir bo‘lish taklifini rad etgani haqida so‘zlab berdi. Yelsin Putinning nomzodini parlamentda taqdim qilish oldidan unga bosh vazir bo‘lishni taklif qilgan.

Yelsinning rejasiga ko‘ra, Putin dastlab vazirlar mahkamasiga boshchilik qilishi, so‘ngra prezident saylovlarida ishtirok etishi kerak bo‘lgan.

“Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin oldiga chaqirtirib, “Bosh vazir bo‘lishingiz uchun sizning nomzodingizni davlat dumasida taqdim qilmoqchiman, keyin esa sizga prezident saylovlarida ishtirok etishni taklif qilaman”, deb aytgan, men esa “Yo‘q” deb javob berganman”, deb eslab o‘tdi bo‘lgan voqeani Putin.

Putinning aytishicha, Yelsin uning bu qaroridan juda taajjublangan. O‘shanda Putin hukumatni boshqarishga tayyor bo‘lmagan.

“U taajjublanib: “Nimaga ekan?” deb aytgan. Men esa unga “Men tayyor emasman” deb javob qilganman. Vaholanki, men anchagina katta bola edim”, deb qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.

Putin shu so‘zlaridan keyin yoshlarga yuzlanib, ularga hayotlaridagi muhim qarorlarni iloji boricha ertaroq qabul qilishga tayyor bo‘lishlarini tilagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Putin Yelsin unga prezident bo‘lishni qanday taklif qilgani haqida so‘zlab berdi