
2019 yilda Bishkekda BRT (Metrobus) tezkor avtobus tizimi joriy qilinishi rejalandi. Bu haqda Bishkek shahar hokimi axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi Gulya Almambetova 18 dekabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, metrobuslarning boshqa transportlardan asosiy farqi – ular maxsus chiziq bo‘ylab harakatlanadi. Chiziqlar uzluksiz bo‘lib, kirish va chiqish joylari maxsus terminallar orqali amalga oshiriladi.
Shahar hokimiyatining fikricha, metrobuslar yo‘lovchilarni tirbandliklarsiz bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilishiga imkon beradi. Transport qatnovi har 2-3 daqiqada tashkil etiladi.
Gulya Almambetovaning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt ko‘chalarining birida maxsus transportlarning harakatlanishi uchun ikkita yo‘l tushirilgan.
Tizimni amalga oshirishdagi birinchi bosqichda 12-mikrorayondan Janubiy magistralgacha, Jukeyev-Pudovkindan Ibrohimov ko‘chasigacha, Toktogul ko‘chasidan Fuchik ko‘chasigacha qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Hasanbek Alimbekovning so‘zlariga ko‘ra, bunday tizim asta-sekin shahar markazini marshrut taksilardan ozod qiladi.
Metrobusda sayohat qilish narxi hozircha e’lon qilinmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar