Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen butun dunyoga mashhur xitoylik aktyor, rejissyor, kaskadyor, qo‘shiqchi Jeki Chan bilan uchrashdi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi.
«Jeki Channing oddiyligi va ochiqligi to‘g‘risida so‘zsiz ham ma’lum. U bolalikdan beri mening sevimli aktyorim va u bilan har gal ko‘rishganimizda u menga oq yo‘l va yaxshiliklarni tilaydi. Bugun men uning yangi diski taqdimotida bo‘ldim. Mening qo‘limda uning qo‘llaridan olingan sovg‘a bor. Men esa odatlarimizga ko‘ra unga zamonaviy qozoq choponini sovg‘a qildim. Butun dunyo tan olgan bu insonning oddiyligi meni lol qoldiradi. Sizga uzoq umr tilayman!» — deydi qo‘shiqchi.
Foto: «Tengrinews»
Foto: «Tengrinews»
Foto: «Tengrinews»
Foto: «Tengrinews»
2017 yilning fevralida Dimash Jeki Chan bilan ilk bor Xitoyning Chansha shahrida «I am a Singer» vokal tanlovida ishtirok etganida uchrashgan. Aktyor Dimashning ijrosini ko‘rib, u bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘lgan.
Uchrashuvda Jeki Chan unga kurtka va musiqa tinglash uchun uskuna sovg‘a qilgan. Dimash esa Changa qozoq choponi va do‘mbira sovg‘a qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi