Sevinch Ismoilova 8 yil sir tutgan hayotidagi eng ayanchli voqeasini ochiq so‘zlab berdi

Sevinch Ismoilova 8 yil sir tutgan hayotidagi eng ayanchli voqeasini ochiq so‘zlab berdi

Xonanda Sevinch Ismoilova muxlislaridan uzoq vaqt yashirib kelgan hayotidagi eng og‘ir voqealardan biri haqida gapirdi. U ko‘pchilik doim so‘raydigan tanasidagi chandiqlar tarixi ortida qanday voqea borligini 8 yildan so‘ng ochib berdi.

Hammasi 2018 yilda boshlangan

Sevinch Ismoilova ijodini endigina boshlagan va viloyatlardagi to‘ylarda xizmat qilayotgan paytda yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Xonandaning aytishicha, Buxoro viloyati Gazli tumanida to‘y xizmatidan qaytayotgan avtomobilda yo‘lovchilar uxlab qolgan. Mashina katta tezlikda yo‘ldan chiqib ketgan va jiddiy avariya sodir bo‘lgan.

"Bu voqeani sizlarga aytib berishim uchun 8 yil vaqt kerak bo‘ldi", — deya hikoyasini boshladi xonanda. Sevinchning so‘zlariga ko‘ra, u hodisadan so‘ng bir muddat komada bo‘lgan va 15 kundan keyin onasining yig‘i ovozidan o‘ziga kelgan.

U avariya oqibatida turli jarohatlar olgani va uzoq davom etgan davolanish jarayonini boshdan kechirganini aytdi. Ayniqsa, chap qo‘lidagi jarohat jiddiy bo‘lgan.

Shifokorlar uzoq davom etgan murakkab jarrohlik amaliyoti orqali uning qo‘lini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Xonanda avariyadan olti oy o‘tib yana to‘y xizmatlariga chiqishni boshlagan. Biroq uning aytishicha, ilk kunlardanoq avariyaning uzoq davom etgan asoratlari sezila boshlagan.

Sevinch Ismoilova bu voqeani yillar davomida o‘zida saqlab kelgan. Endi esa muxlislariga chandiqlari tarixi va hayotidagi eng og‘ir davrlardan biri haqida ochiq so‘zlab berdi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar