13:10 / 27.12.2018
3 629

Tojikistonning bosh yutuqlari orasida O‘zbekiston bilan aloqalarning yaxshilanishi aytib o‘tildi

Tojikistonning bosh yutuqlari orasida O‘zbekiston bilan aloqalarning yaxshilanishi aytib o‘tildi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon parlamentga murojaatida yakunlanayotgan yilda erishilgan bosh yutuqlarni ma’lum qildi.

Rahmonning fikricha, Tojikistonning 12 oydagi asosiy yutuqlari mamlakatning suv bo‘yicha tashabbuslarining BMTda qo‘llab-quvvatlanishi, Rog‘un GESi birinchi agregatining ishga tushirilishi va O‘zbekiston bilan munosabatlarning yaxshilanishi hisoblanadi.

Rahmon Rog‘un GESi birinchi agregatining ishga tushirilishini hukumatning mamlakat energetik mustaqilligiga erishishdagi “qat’iy qadami” deb atadi.

Rahmonning fikricha, yakunlanayotgan yildagi yana bir tarixiy voqea O‘zbekiston bilan munosabatlarning normallashtirilishi hisoblanadi. Murojaatda ta’kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasidagi viza tartibining soddalashtirilishidan 2,5 mln kishi foydalangan.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi tovarlar aylanmasi o‘sgani qayd qilib o‘tilgan.

Rahmon yil yakunlariga ko‘ra YaIM o‘sishi 7,3 foizni, inflyatsiya darajasi esa 5,4 foizni tashkil qilishini aytib o‘tdi.

Hujjatda aytilishicha, 2023 yilga kelib Tojikiston aholisi soni 10 mlndan oshadi. Shu sababli mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi hajmi oshirilishi zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonning bosh yutuqlari orasida O‘zbekiston bilan aloqalarning yaxshilanishi aytib o‘tildi