Rossiyaning eng boy kishilari umumiy boyligi 2018 yil davomida jami 5,915 milliard dollarga kamaydi, deb xabar berdi Kun.uz RIA Novostiga asoslanib.
2018 yilda ayrim milliarderlar mablag‘ yo‘qotgan bo‘lsa, ayrimlarining boyligi ko‘paydi. Masalan, "Nornikel" egalaridan biri Vladimir Potaninning boyligi 6,87 milliard dollarga oshib, 19,6 milliard dollarga yetdi. Ikkinchi o‘rinda boyligi 2,77 milliard dollarga ko‘payib, 19,4 milliard dollarni tashkil etgan "Novatek" egasi Leonid Mixelson joylashdi.
Novolipetsk metallurgiya kombinati aksiyalari asosiy egalaridan biri Vladimir Lisin boyligi 146 million dollarga kamaygan bo‘lsa-da, 17,9 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni oldi. "Severstal" egasi Aleksey Mordashov to‘rtinchi o‘rinda bo‘lib, uning boyligi yil davomida 2,23 milliard dollarga kamaydi va 17,4 milliard dollarni tashkil etdi. Yuqori beshlikni 3,45 milliard dollarga boyib, boyligi 16 milliard dollarga yetgan "Lukoyl" egasi Vagit Alekperov yakunlaydi.
Alisher Usmonov ("Metalloinvest", "Megafon") 14,2 milliard dollar bilan oltinchi (boyligi 327 million dollarga kamaygan) o‘ringa joylashdi. Roman Abramovichning (Evraz) boyligi 1,6 milliard dollarga o‘sib, 14,1 milliard dollarga yetdi. Keyingi o‘rinlarni Gennadiy Timchenko (13,8 milliard dollar), Viktor Vekselberg (13,1 milliard dollar) va Andrey Melnichenko (12,5 milliard dollar) egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!