Rossiyaning eng boy kishilari umumiy boyligi 2018 yil davomida jami 5,915 milliard dollarga kamaydi, deb xabar berdi Kun.uz RIA Novostiga asoslanib.
2018 yilda ayrim milliarderlar mablag‘ yo‘qotgan bo‘lsa, ayrimlarining boyligi ko‘paydi. Masalan, "Nornikel" egalaridan biri Vladimir Potaninning boyligi 6,87 milliard dollarga oshib, 19,6 milliard dollarga yetdi. Ikkinchi o‘rinda boyligi 2,77 milliard dollarga ko‘payib, 19,4 milliard dollarni tashkil etgan "Novatek" egasi Leonid Mixelson joylashdi.
Novolipetsk metallurgiya kombinati aksiyalari asosiy egalaridan biri Vladimir Lisin boyligi 146 million dollarga kamaygan bo‘lsa-da, 17,9 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni oldi. "Severstal" egasi Aleksey Mordashov to‘rtinchi o‘rinda bo‘lib, uning boyligi yil davomida 2,23 milliard dollarga kamaydi va 17,4 milliard dollarni tashkil etdi. Yuqori beshlikni 3,45 milliard dollarga boyib, boyligi 16 milliard dollarga yetgan "Lukoyl" egasi Vagit Alekperov yakunlaydi.
Alisher Usmonov ("Metalloinvest", "Megafon") 14,2 milliard dollar bilan oltinchi (boyligi 327 million dollarga kamaygan) o‘ringa joylashdi. Roman Abramovichning (Evraz) boyligi 1,6 milliard dollarga o‘sib, 14,1 milliard dollarga yetdi. Keyingi o‘rinlarni Gennadiy Timchenko (13,8 milliard dollar), Viktor Vekselberg (13,1 milliard dollar) va Andrey Melnichenko (12,5 milliard dollar) egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi