12:27 / 03.01.2019
4 526

Turkiya dunyodagi millionlab insonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda

Turkiya dunyodagi millionlab insonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda
Turkiyaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va insonparvarlik yordami jamg‘armasi dunyodagi qariyb uch million aholiga ichimlik suvidan foydalanish imkonini berdi, deya xabar bermoqda Azon.uz nashri.

Mazkur jamg‘arma ichimlik suvi tanqis hududlarda quduqlar qazishni davom ettirmoqda.

«2018 yilda Afrika va Osiyoning turli hududlarida quduqlar burg‘ulangan. 2018 yil mobaynida jamg‘arma dunyodagi 21 mamlakatda 807 ta quduq ochdi, bu esa 332800 kishini ichimlik suvi bilan ta’minladi. 2000 yildan buyon Turk fondi 36 mamlakatda 7422 ta quduqni qazidi va 2969000 kishini ichimlik suvi bilan ta’minladi», deyiladi fondning xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya dunyodagi millionlab insonlarni ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda