Tojikistonning Ko‘lob shahrida istiqomat qiluvchi 30 yoshli Saidnodir Haydarov musiqa asboblari ustasi sanaladi. U dunyodagi eng yirik doirani yasash ustida qariyb 100 kun ishladi, deya xabar bermoqda Kun.uz Aziya-Plyusga tayanib.
Doira — o‘zbek, tojik, uyg‘ur va boshqa sharq xalqlarining cholg‘u asbobi. Gardishi o‘rik, yong‘oq yog‘ochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tanburnikiga o‘xshash halqachalar osiladi.
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, so‘nggi yillarda zarang, akatsiya, ba’zan tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tanburnikiga o‘xshash ma’dandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Saidnosir tomonidan yasalgan doiraning diametri - 1,7 metr. U 34 kilogramm og‘irlikka ega.
«Darvoqe, bu mening ikkinchi urinishim - o‘tgan yil boshida shogirdlarim bilan diametri 1,5 metr bo‘lgan doirani yaratdim. Keyin o‘z rekordimni yangilashga qaror qildim va 2 metrga kattaroq doira yasadim», - deydi usta. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi