Rossiyaning Cherepovets shahrida yashovchi 50 yoshli Natalya Vedenina va 33 yoshli Nigeriya shahzodasi Gabriel Segun Adjayi juda ahil yashashgan. Bir-birlarini sevishgan. Bir yarim yil oldin o‘rtada egizak farzandlar dunyoga kelgan. Shahzoda Cherepovetsga ko‘chib o‘tgach, uch oy ichida rus tilini o‘rganib, traktorchilikka o‘qidi va ish boshladi. Afsuski, 2018 yil oktyabrida Cherepovetsdagi tungi klublardan birida shahzoda daf’atan olamdan o‘tdi. U o‘tkir infarktga uchragan ekan.
Erining o‘limidan keyin Natalya ikki egizakni va marhum erining 30 yashar ukasini boqish uchun talabalar buyurtmasiga ko‘ra turli chizmalar chizadi. Bundan tashqari, davlatdan nogironlik pensiyasi ham oladi. Ana shu pullarga ikki bola va qaynisini boqib kelmoqda.
Ammo Nigeriya qonunlariga ko‘ra, eri o‘lgach, ayol kishi marhumning uka yo akasiga turmushga chiqishi lozim. Natalya esa buni sira xohlamayapti.
— Men hali erimni yo‘qotganimdan beri yolg‘izlikka ko‘nikmadim, — deydi Natalya Vedenina. — U esimga tushsa kuyiblar ketyapman. Ukasiga esa sira turmushga chiqa olmayman. Unga xotin bo‘lib yashashni ko‘z oldimga keltirsam, dahshatga tusha boshlayman…
Aytishlaricha, marhum shahzodaning qarindoshlari dafn marosimiga kela olishmabdi. Rossiyaga uchadigan samolyotlarning chiptasi qimmatlik qilibdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi