06:27 / 13.01.2019
4 052

AQSh sobiq vaziri mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

AQSh sobiq vaziri mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi
San-Antonio (Texas shtati) shahri sobiq meri, Baraka Obama ma’muriyatida uy-joy qurilishi va shahar rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat olib borgan demokrat Xulian Kastro 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovida ishtirok etishini ma’lum qildi.

"Prezident lavozimiga nomzodimni qo‘yaman, chunki mendagi imkoniyatlar barcha amerikaliklarda bo‘lishiga kafolat berish uchun yangi yetakchilar, yangi quvvat vaqti keldi", - dedi Kastro.

Kastro AQShdagi kelib chiqishi lotinamerikalik bo‘lgan siyosatchi-demokratlar orasida eng taniqlilaridan hisoblanadi. Uning buvisi AQShga Meksikadan kelgan.

2016 yilgi prezident saylovi vaqtida Xulian Kastro Xillari Klinton vitse-prezident sifatida tanlashi mumkin bo‘lgan siyosatchilardan biri hisoblangandi.

Ekspertlar prezident lavozimiga da’vogarlar sifatida Massachusets shtatidan senator Elizabet Uorren, sobiq kongress a’zosi Beto O'Rurk, Vermont shtatidan senator Berni Sanders, Nyu-Jersi shtatidan senator Kori Buker, Minnesota shtatidan senator Emi Klobushar va Nyu-York shtatidan senator Kirsten Gillibrandlarni ko‘rishmoqda.

AQSh prezidenti saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh sobiq vaziri mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi