Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hech qachon qizlar bokiraligi tekshirilishi haqida farmon chiqarmagan, deb ma’lum qildi idora rahbari Nasim Olimzoda Dushanbedagi press-konferensiyada.
Shu bilan birga u ayrim mojarolar sababli huquqni muhofaza qilish organlari ko‘rsatmalariga binoan shunga o‘xshash tekshiruvlar o‘tkazilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq BMTning Xotin-qizlar kamsitilishiga qarshi qo‘mitasi Dushanbe rasmiylariga murojaat qilib, nikohdan avval bokiralik tekshirilishini taqiqlashga chaqirgan edi. BMT ushbu amalyotni og‘riqli va kamsituvchi deb atagan edi. BMTning fikriga ko‘ra, shunga o‘xshash tekshiruvlarga tibbiy ehtiyoj zarur emas.
Tojikistonda so‘nggi yillarda qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, nikohni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va sog‘liqlari haqidagi tibbiyot ma’lumotnomani FXDYoga topshirishlari kerak, chunki tibbiy ma’lumotnomasiz nikohni qayd qila olishmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)