12:39 / 20.02.2019
4 296

Eng arzon va eng qimmat benzinga ega mamlakatlar nomi e’lon qilindi

Eng arzon va eng qimmat benzinga ega mamlakatlar nomi e’lon qilindi
2018 yilning to‘rtinchi choragida dunyo bo‘ylab yoqilg‘i narxi avvalgi chorakka nisbatan 9 foizga tushgan, deya xabar beradi «Daryo» nashri.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, yoqilg‘ining bir litri uchun o‘rtacha narx 1,8 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ammo ko‘p mamlakatlar benzinni ancha arzon narxlarda sotib oladi.

Eng past narxlar Venesuela (0,01 AQSh dollari), Eron (0,14 AQSh dollari), Quvayt (0,35 AQSh dollari), Nigeriya (0,41 AQSh dollari) va Misr (0,43 AQSh dollari)da qayd etilgan.

Uning ortidan Malayziya (0,53 AQSh dollari), Saudiya Arabistoni (0,54 AQSh dollari), BAA (0,59 AQSh dollari), Rossiya (0,66 AQSh dollari) va Pokiston (0,69 AQSh dollari) joy olgan.

Shveysariya (1,59 AQSh dollari), Fransiya (1,61 AQSh dollari), Portugaliya (1,61 AQSh dollari), Shvetsiya (1,62 AQSh dollari), Finlyandiya (1,63 AQSh dollari) eng yuqori yoqilg‘i narxiga ega mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ulardan so‘ng Isroil (1,66 AQSh dollari), Daniya (1,7 AQSh dollari), Niderlandiya (1,71 AQSh dollari), Gretsiya (1,72 AQSh dollari), Italiya (1,74 AQSh dollari) va Norvegiya (1,82 AQSh dollari) o‘rin olgan.

Tadqiqotlar 61 mamlakatni qamrab olgan, biroq Ukraina ro‘yxatga kiritilmagan. Ukraina yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 1 litr A-95 benzin narxi o‘rtacha 1,2 AQSh dollarni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, yoqilg‘ining past narxi uning aholi uchun mavjudligini anglatmaydi, deyiladi reytingda. Misol uchun, narx bo‘yicha 10-o‘rinni egallagan Pokiston aholi uchun mavjudlik bo‘yicha oxirgi o‘rinda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng arzon va eng qimmat benzinga ega mamlakatlar nomi e’lon qilindi