date
views 3 786

BAAda ayol burger olib kelishni unutgan eri bilan ajrashishga qaror qildi

BAAda ayol burger olib kelishni unutgan eri bilan ajrashishga qaror qildi
Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qiluvchi ayol burger olib kelishni unutgan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qaror qildi. Bu haqda Sputnik nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yigirma yashar qiz do‘stlari bilan sahroda dam olayotgan erini uyda kutib o‘tiradi.

Gap shundaki, turmush o‘rtog‘i ketishi oldidan undan restorandan o‘zi xush ko‘rgan burgerni olib kelishini iltimos qiladi. Biroq, eri uyga tunggi soat uchda, va’da qilingan taomsiz qaytadi. Bu bois u uyni tark etib, ajralish haqida hujjat topshiradi.

Advokat Hasan Al Mazruki juftlik endi ajralish masalasini sudda davom ettirishini ma’lum qildi.
“Agar xotini ajralishni talab qilishda davom etsa, berilgan qalin bekor qilinadi”, - dedi advokat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, juftliklar oilaviy hayotga real munosabatda bo‘lishganda, ajralishlar soni kam bo‘lgan bo‘lardi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BAAda ayol burger olib kelishni unutgan eri bilan ajrashishga qaror qildi