Facebookʻdagi uzilishdan soʻng ikki nafar top-menejer ishdan ketdi

Facebookʻdagi uzilishdan soʻng ikki nafar top-menejer ishdan ketdi
Foto: Facebook / Kris Koks
13 mart kuni Facebook ishida kuzatilgan jiddiy uzilishdan soʻng ijtimoiy tarmoq ijrochi direktorlaridan biri Kris Koks va WhatsApp vitse-prezidenti Kris Deniyels ishdan boʻshashga qaror qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

“Kompaniyadagi 13 yillik faoliyatimdan soʻng uni tark etishga qaror qilganimni chuqur qaygʻu bilan maʼlum qilaman”, — deb yozgan Koks oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

U aynan nima uchun kompaniyadan ketayotganiga aniqlik kiritmagan, shu bilan birga, kompaniya rahbari Mark Sukerbergga minnatdorchilik bildirgan.
WhatsApp ishiga javob beruvchi Kris Deniyels ham oʻzining ishdan ketayotgani haqida yozib qoldirgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar