Foto: penza.sledcom.ru
Rossiyaning Penza shahrida Oʻzbekistonning 1964 yilda tugʻilgan fuqarosiga hukm chiqarildi, u hamyurtini oʻldirganlikda ayblandi. Bu haqda Rossiya Tergov qoʻmitasi hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.
Tergov va sud tomonidan aniqlanishicha, 2018 yil bahorida Penzaga Oʻzbekiston Respublikasining ikki fuqarosi ishlash uchun kelgan. Ular shahardagi qurilishlardan birida birga mehnat qilishgan. 2018 yil 2 sentabr kuni ular ishdan soʻng kafega kirib, spirtli ichimlik isteʼmol qilishadi. Uyga qaytgach, erkaklar oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan: jabrlanuvchi ish va ish haqi miqdoridan qoniqmayotgani toʻgʻrisida shikoyat qila boshlaydi. Tanishi unga mustaqil ravishda ish qidirishi kerakligini aytgan. Janjal mushtlashuvga aylanib ketadi, uning davomida erkak jabrlanuvchining boshi va koʻkrak qafasiga uch marta zarba bergan, soʻng boʻgʻish usulini qoʻllagan. Shundan keyin tajovuzkor tanishini koʻchaga chiqarib tashlagan.
Qayd etilishicha, 1970 yilda tugʻilgan oʻzbekistonlik hodisa joyida hayotdan koʻz yumgan. U asfiksiya (kislorod yetishmasligi natijasida boʻgʻilish) tufayli vafot etgan.
Sud hukmi bilan erkak 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi, u jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi