4 085
Cupermarketda o‘zbekistonlik sotuvchi ayolni xaridorlar ko‘z o‘ngida pichoqlab ketishdi (video)
Kecha Uzlovaya shahridagi «Pyaterochka» supermarketida erkak kishi kassirga hujum qilib, ayolga pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazdi va voqea joyidan yashirindi deb yozadi Kun.uz nashri.
«Tulskiye novosti» nashri xabariga ko‘ra, supermarket qo‘riqchilari erkakni to‘xtatishga harakat qilishmagan. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari tufayli kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi.
«Politsiyachilar qisqa vaqt ichida gumonlanuvchining shaxsini aniqlashdi. U mahalliy aholi vakillaridan biri bo‘lib, 1984 yilda tug‘ilgan. Uzlovaya va qo‘shni tumanlardagi barcha politsiya naryadlari uni qo‘lga olish uchun harakat qildi, ehtimoliy jinoyatchi qayerda ekanini aniqlashga qaratilgan ishlar olib borildi. Qabul qilingan chora-tadbirlar natijasida ikki uchastka inspektori qidirilayotgan shaxsga o‘xshash kishini payqashgan. Shundan keyin PPX xodimlari bilan birga o‘tkazilgan harakatlar chog‘ida u bog‘ uyushmalaridan birida qo‘lga olindi», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qotil qurbon bilan tanish edi - ular qo‘shnilar bo‘lgan va erkakning xatti-harakatlari tufayli o‘zaro mojarolar yuz bergan - u spirtli ichimliklar iste’mol qilib, ko‘pincha musiqani baland tovushda tinglagan. Umida S.ning uch nafar farzandi bo‘lgan. Ayol Andrey K.dan bir necha bor shovqinni pasaytirish haqida so‘ragan, ammo u bu iltimoslarga parvo ham qilmagan. Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik ayol bu shaxsga politsiyaga ariza bilan murojaat qilishi haqida aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi