3 382
Tramp 10 yilda milliard dollardan ortiq pul yo‘qotib, 8 yil soliq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi
Foto: Global Look
Amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning biznesi 1985—1994 yillarni o‘z ichiga olgan o‘n yillikning o‘zida 1,17 milliard dollar yo‘qotgan. Bu haqda soliq deklaratsiyasidan olingan ko‘chirmalarga asoslanib, The New York Times ma’lum qildi.
Meduza’ning yozishicha, Tramp Soliq boshqarmasiga 1985 yilda topshirgan deklaratsiyasida uning kazino, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk ijarasini o‘z ichiga olgan asosiy biznesi 46,1 million dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan.
Keyingi yillarda Tramp biznesi yanada ko‘proq zarar ko‘rishni boshlagan. Xususan, 1990—1991 yillarda Tramp zarar miqdori bir yil ichida 250 milliondan oshib ketganini ma’lum qilgan. Bunga bitimlarning muvaffaqiyatsiz bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan zararlar Trampga 10 yillikning 8 yilida daromad solig‘ini to‘lamaslik imkonini bergan.
Trampning advokati The New York Times’ga bergan intervyusida soliq axborotida berilgan ma’lumotlar yolg‘on va noaniq ekanligini aytgan.
The New York Times gazetasining 2016 yil oktyabrda chiqqan sonlaridan birida yozilishicha, Donald Tramp 1995 yilgi soliq deklaratsiyasida 916 million dollar zarar ko‘rganligini qayd etgan. Bu Trampga 18 yil davomida foydaga solinadigan federal soliqni to‘lamaslik huquqini bergan. U bu huquqdan foydalanganmi yoki yo‘q — noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi