
Ekspertlar dunyoning aholisi eng katta maosh oluvchi shaharlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi Deutsche Bank o‘tkazgan tadqiqotga tayanib xabar berdi.
Reytingning 1-o‘rnini birinchi marta San-Fransisko egalladi. Ushbu shaharda o‘rtacha oylik soliqlar chegirilgandan keyin 6,52 ming dollarni tashkil qiladi.
2-o‘rinni avvalgi yetakchi Syurix egallagan, bu yerda o‘rtacha oylik 6,1 ming dollarni tashkil qilar ekan.
3-o‘rinni 4,6 ming dollarlik o‘rtacha oylik bilan Nyu-York, 4-o‘rinni Boston (4,28 ming dollar), 5-o‘rinni Chikago (4,06 ming dollar) egallagan.
Yetakchi o‘ntalikdan London, Sidney, Oslo, Kopengagen va Melburn ham o‘rin olgan.
Dunyo ShaharlariMaosh ReytingiSan-FransiskoSyurixNyu-YorkBostonChikago O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar